O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

bg

Institut hayotidan lavhalar

data
data
data
data

Folklor bo'limi

folklor data

Bugungi kunda o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodini to‘plash, nashr etish va tadqiq etish borasida ulkan ishlarni amalga oshirib kelayotgan O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor bo‘limining tashkiliy negizlari o‘zbek folklorshunosligining asoschisi H.T.Zarifov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan 1928-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Maorif xalq komissarligi ilmiy sho‘rosining O‘zbeklarni o‘rganish komiteti huzuridagi Etnografiya, folklor va arxeologiya bo‘yicha ilmiy-tekshirish kabinetidan boshlanadi. 1929-yilning dekabrida H.T.Zarifov mudir bo‘lgan bu kabinet yangidan tashkil etilgan O‘zbekiston davlat ilmiy-tekshirish instituti ixtiyoriga mustaqil (alohida) tuzilma sifatida beriladi (1929-1931).

folklore.card.turdimov.name

ТУРДИМОВ ШОМИРЗА ҒАНИЕВИЧ

Ўзбек халқ достонлари, қўшиқлари, мифологиясини ўрганишга доир йирик тадқиқотлари билан фольклоршунослик фани тараққиётига муносиб ҳисса қўшган Шомирза Ғаниевич Турдимов Самарқанд вилоятининг Нурота ...

Ko’proq o’qish

folklore.card.narziqulova.name

НАРЗИҚУЛОВА МАНЗУРА ТЎРАЕВНА

Фольклор ва ёзма адабиёт муносабати масаласини тадқиқ этган Нарзиқулова Манзура Тўраевна 1984–1989 йилларда ТошДУ (ҳозирги ЎзМУ)нинг Ўзбек филологияси факультетида таҳсил олган. 1996–1999 йилларда ЎзР...

Ko’proq o’qish

folklore.card.rasulova.name

РАСУЛОВА ЗЕБИНИСО ЖАЛОЛИДДИНОВНА

Ўзбек халқ сеҳрли эртакларида анъанавий тарзда қўлланиладиган “ғаройиб буюм”ларнинг турлари, ўзига хос хусусиятлари, бадиий-эстетик вазифалари, тарихий-мифологик илдизларини монографик жиҳатдан тадқиқ...

Ko’proq o’qish

Janrlar

Latifa

Latifa – og'zaki nasrining hajman kichik, mazmunni lo'nda ifodalovchi bir yoki ikki epizoddan tashkil topgan. Asosida o'tkir hajv yoxud engil yumor yotadi. Latifa termini Arabcha latif, lutf so'zlaridan olingan bo'lib, nozik, ko'p ma'noli so'z, mayin kinoya, qochirimlardan iborat bo'lgan kulgili hikoyani anglatadi. Qisqa yumoristik hikoya.

Afsona

Afsona – xalq og'zaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va to'qimadan iborat bo'lsa-da, so'zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto bo'lib o'tgan davri, makon ham ko'rsatiladi. Afsonalar og'izdan-og'izga, eldan-elga o'tib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.

Lof

Lof – xalq og'zaki poetik ijodining hajviy-yumoristik janrlaridan biri. Lofbozlik, lofchilik, lof (urish) aytish deb ham yuritiladi. Mubolag'aga asoslanadi, maqsadi – kishilarda kulgi uyg'otish, shuningdek, u yoki bu hodisaga diqqatni jalb etish, tanqidiy munosabat bildirish.

Rivoyat

Rivoyat – voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba'zan uydirmalar vositasida, ba'zan Real tasvirlovchi og'zaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, ikki yoki uch epizoddan tashkil topadi, an'anaviy uslubiy shaklga ega bo'lmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, og'izdan-og'izga o'tish jarayonida erkin talkin qilinadi.

Naql

Naql – ertak, afsona singari eng qadimgi, eng ommaviy, keng tarqalgan mustaqil janrlardan biridir. U ta'limiy ahamiyati, xususan, yaxshi xulq, odob-axloq, nozik did, yuksak farosat, dono aql, tadbirkorlikni naql etishi bilan ajralib turadi. Naql asosan hikmatli fikr, o'gitlar majmui.

Maqol

Maqol – xalq og'zaki ijodi janri; qisqa va lo'nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli gap. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqol atamasi Arabcha – qavlun – gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan

Topishmoq, topmacha, jumboq, matal

Topishmoq, topmacha, jumboq, matal – xalq og'zaki poetik ijodining eng qadimgi va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urf-odatlari ma'lum darajada o'z ifodasini topadi. Topishmoqda echilishi mumkin bo'lgan so'roq majoziy shaklda ifodalanib, uning ma'nosi yashirincha bo'ladi.

Ertak

Ertak – xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to'qima va uydirmaga asoslangan sehrli-sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, Nasr shaklida yaratilgan. M.Koshg'ariyning 'Devonu lug'otit turk' asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og'zaki tarzda hikoya qilish ma'nosini bildiradi.

Doston

Doston – liro-epik janr. shu janrdagi badiiy epik asar. 'Doston' so'zi fors tilidan olingan bo'lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif va maqtov ma'nolarini ifodalaydi. O'zbek xalq og'zaki ijodi va o'zbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi.

Festival va Tanlovlar

thumbilnail